Turk til jamiyati bilan o‘zaro tajriba almashish jarayoni davom etmoqda.

 

 

Turk tiliga kirib kelayotgan so‘zlarni o‘zlashtirish, milliylashtirish, atamashunoslik faoliyati, turk milliy til korpusi bo‘yicha 16-iyul kuni taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Dastlab delegatsiya rahbari B.Shukurov O‘zbekistonda til siyosati, davlat tilini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar, tashrifning maqsadi, vazifalari haqida ma’lumot berdi. So‘ng mutaxassislar turk tili milliy korpusi, uning yaratilishi, hozirgi ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdilar. Hozirda mutaxassislar bilan savol- javoblar, o‘zaro tajriba almashinuvlar davom etmoqda.

                   

   Keyingi ma’ruza terminologiya sohasida bo‘ldi. Xo‘jatepa universiteti professori Andar muallim turk tiliga xorij so‘zlarining kirib kelishi, xorij atamalarini milliylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi terminologiya bo‘yicha yangicha yondashuvlar talab qilinayotgani, bu boradagi muammolar, ularni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.

O‘zi yaratgan dasturiy mahsulot, uning ishlash jarayoni, undan foydalanish haqida batafsil tushuntirish berdi. Terminologiya bo‘yicha alohida sayt mavjud bo‘lib, unda sohalar bo‘yicha lug‘atlar, turk tiliga kirib kelayotgan yangi atamalar, ularni iste’molga kiritish masalalarini ham muvofiqlashtiradi.

Ushbu sohada o‘zbek tili bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan