“Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi  Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamkorligida o‘tkaziladigan suhbatda O‘zbek tilining mavqeyi va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar to‘g‘risida so‘z bordi.

Davra suhbatida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Otajonov Shuhrat, pedagogika fanlari doktori, tilshunos olim G‘ofirjon Hamroyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari Abdurashid To‘ychiyev, Milliy markaz direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ergasheva Shahnoza hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan