“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!”

Toshkent viloyatida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!”  respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xo‘jayeva Shahnoza, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari Abdurashid To‘ychiyev, tuman hokimlarining til masalalari bo‘yicha maslahatchilari va qator yoshlar ishtirok etishdi.

Badiiy qismdan tashqari Davlat tili qo‘llanishida nomlash xizmati va lingvistik ekspertiza masalalari hamda “Til – milliy taraqqiyot omili, davlatimiz tayanchi” mavzularida ham so‘z bordi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan