Ushbu bayram tadbiri Bibisora Turobovaning “Ona tilim” sheri bilan ochib berildi.
Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – Inomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori – Azizbek Eminov, Markazning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari – Abdurashid To‘ychiyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir – Rustam Mirvohidlar ishtirok etishdi.
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Sarvar Fayzullayev tashkilotda davlat tili ustuvorligi hamda olib borilayotgan ishlar yuzasidan so‘z oldi.
Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
