Chirchiq shahrida «Til – millat ko‘zgusi» shiori ostidagi adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan » Til – millat ko‘zgusi» shiori ostidagi adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Anjumanni institut rektori Sh.Janikulov kirish so‘zi bilan ochdi. Adabiy-badiiy kechada Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi O.Eshonqulov, markaz bo‘limi boshlig‘i H.Dexqonov, markazning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari A.To‘ychiyevlar ishtirok etishdi. Institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar mavzuga oid qiziqarli ma’ruzalar tinglashdi, san’at ustalari hamda talabalar ijro etgan kuy-qo‘shiqlar va she’riy chiqishlardan bahramand bo‘lishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan