Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

2024-yil 11-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻisidagi qonun hujjatlariga riоуа etilishini ta’minlash mаsаlаlаri boʻyicha maslahatchilari uchun Respublika seminari tashkil etildi.

Bunda vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdi.

Erta tongdan tadbir tashkilotchilari tomonidan Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi. Adiblar xiyobonidagi gul qo‘yish marosimi adabiy suhbatga aylanib ketdi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida oʻtkazilgan tadbirda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimlari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili bo’yicha maslahatchilari, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev kirish soʻzi bilan ochib berdi va Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan maslahatchilar oldida turgan dolzarb masalalar, muammolar va kamchiliklar haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklor instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov, Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari oʻrinbosari Bekzod Shukurov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori Inomjon Azimovlar davlat tili ravnaqi yoʻlida qilinajak dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza qildilar.

Kunning 2-yarmida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim”

tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlovOʻ’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonlari ijrosini ta’minlash, davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35- yilligiga bagʻishlab oʻtkazildi.

Bu yilgi tanlovning davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud (tuman va shahar hokimliklari);

davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim:

(vazirlik, idora, xo’jalik birlashmalari) yoʻnalishida tashkil etildi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar ushbu tanlov oʻzbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirishda oʻziga xos oʻrin tutib kelayotganini ta’kidladilar.

Tanlovning respublika bosqichida Eng namunali hudud yoʻnalishi boʻyicha bitta 1-oʻrin, ikkitadan 2- va 3- oʻrinlar hamda toʻrtta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar gʻoliblari, Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim yoʻnalishi boʻyicha bitta 1-oʻrin, ikkitadan 2- va 3- oʻrinlar hamda ikkita ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar gʻoliblari taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan tuman hokimliklari hamda respublika idoralari vakillariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus sovgʻalari topshirildi.

Bulardan tashqari, marosimda O’zbek tilining qudrati va goʻzalligini tarannum etgan hamda kitoblarni tayyorlash va nashr etishda faol qatnashgan ijodkorlar, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanali orqali oʻtkazilgan “Ona tilim – gʻururim, faxrim” tanlovining gʻoliblari esdalik sovgʻalari hamda kitoblar jamlanmalari bilan mukofotlandi. Shuningdek, oʻzbek tilshunosligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga hamda davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish tizimiga qoʻshgan hissasi uchun bir guruh olimlar taqdirlandi.

Shu bilan birga, oʻz hududida davlat tashkilotlari xodimlarini lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvi, oʻzbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish boʻyicha oʻzuv kurslarini tashkil qilishdagi faolligi uchun bir guruh tuman maslahatchilari Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandilar.

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan