To‘rt jildlik “ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2025-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2020-yil 19-oktabrdagi PQ – 4865-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bunda Fanlar akademiyasi olimlari, Yozuvchilar uyushmasi, Ахbоrоt va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,  O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mas’ullari hamda vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, san’atkorlar va Abdulla Qodiriy ijod maktabi jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirda, O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sultonov Isajon Аbdurayimovich, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari nomzodi, professor Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olim Davlatov, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulov, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktor o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadovlar so‘zga chiqdilar.

Shu bilan birga, tadbirda xorijiy olimlar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ozarbayjon Bilimlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston bo‘limi mudiri Almaz Ulviy (Binnatova), Turkiyaning Istanbul Kultur universiteti professori filologiya fanlari doktori Vohid Turk, Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov kabilar  taqdimotga oid dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza qilishdi.

Tadbirda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimoti   bo‘lib o‘tdi.

To‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining  tahrir hay’atini Bahrom Abduhalimov, Nizomiddin Mahmudov, Shuhrat Sirojiddinov, Sirojiddin Sayyid, Jabbor Eshonqulov, Olim Davlatov, Nodir Jonuzoq, Isajon Sultonlar tashkil etishdi.

Ilmiy ijodiy guruhda Abduqodir Hayitmetov, Ibrohim Haqqul, Maqsud Asadov, Qodirjon Ergashev, Sayfiddin Rafiddinov, Ergash Ochilov, Burobiya Rajabova, Zulayho Rahmonova, Sirdaryoxon O‘tanovalar ishtirok etishdi.

Mas’ul muharrir filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov, nashr uchun mas’ullar Elnura Qurbonova, Shahnoza Rahmonova, Hamida Ashurova, Dilmurod Asqarov, taqrizchilar filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To‘xliyev, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu singari taqdimotlar Alisher Navoiy ijodini mukammal o‘rganishda dasturulamal vazifani o‘tashi va Davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirishda o‘ziga xos o‘rin tutishini ta’kidladilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan