Joriy yilning 20-fevral kuni Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar bir necha asr o‘tgan bo‘lsa-da, Hazrat Navoiyning insonparvarlik qarashlari zarracha bo‘lsin o‘z qiymatini yo‘qotmaganligi, bugungi globallashuv jarayonida uning o‘lmas merosi har qachongidan ham ravshanroq nur taratib, dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi, qolaversa to‘rt jildlik ensiklopediya yoshlarning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini alohida tilga oldilar.
Tadbirda navoiyshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, keng jamoatchilik vakillari hamda Qo‘qon shahar, Bag‘dod, Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Furqat, O‘zbekiston tumanlari hokimlarining maslahatchilari ishtirok etdilar.