Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri o‘tkazildi.
2024-yilning 18-iyul kuni Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskani zalida “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”,“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Qashqadaryo viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi moderatorlik qildi. Taqdimotda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi Guljamol To‘ychiyeva, Jamg‘arma mas’ul xodimi Dilrabo Yusufova, O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti, filologiya fanlari falsafa doktori Zohida Muqimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Gulbahor Musayeva hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qashqadaryo hududiy bo‘linmasi mutaxassisi Sunnatillo Niyozov o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Ma’ruzasidan so‘ng “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yaratilishi haqida tayyorlangan “Alifbo tartibidagi olam” qisqa videoroligi namoyish etildi.
Taqdimot so‘ngida ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr ettirilgan kitoblar tadbir ishtirokchilarga ulashildi.
