Til boyligi – millat boyligi

    Kitobxonlik haftaligi doirasida Adib Sobir Termizim nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbek tilining izohli lug‘ati ning ahamiyati, ona tilimizning boyligi, so‘zlarning mazmun-mohiyati hamda nutq madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

   Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar tilimizning sofligini asrash, so‘z boyligini oshirish va lug‘atlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Mazkur tadbir kitobxonlarda ona tiliga hurmat, mutolaa madaniyatiga e’tibor va ma’naviy qadriyatlarga sadoqatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan