Namangan shahrida turkiy tillar taraqqiyotiga bag‘ishlangan nufuzli III xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3–4-iyun kunlari Namangan shahrida tilshunoslik sohasidagi muhim yirik voqea — “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili…
