O‘zbek tilini chuqur o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy seminari

Joriy yilning 15-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasida “O‘zbek tilini chuqur o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratish bo‘yicha” respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy seminar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,…

Batafsil

“Biz sizni eshitamiz” loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Biz sizni eshitamiz” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning navbatdagi sonida mutasaddi vazirlik va idoralar, reklama bozorining yirik subyektlari, tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari, reklama agentliklari, reklama beruvchi va tarqatuvchilar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusi muhokama qilindi. Unda Raqobat qo‘mitasi raisi…

Batafsil

ASAKA

 Andijon viloyati tarkibidagi tuman nomi. Mutaxassislar Asaka nomining kelib chiqishini turlicha talqin qilishgan. Ayrim tadqiqotchilar Asaka nomining paydo bo‘lishini Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi VI–V asrlarda yashagan sak qabilalari nomi bilan bog‘lashadi. Chunki bu qabila ba’zi tarixiy manbalarda “assakenlar” nomi bilan ham tilga olingan.     Ularda “asvaka” – ot, “assaka” – otliqlar ma’nosini bildirgan. Qadimshunoslar vodiyning sharqiy qismida topilgan…

Batafsil

“Qutlug‘ qon” romani turk tiliga tarjima qilindi

Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamdaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda turk tiliga tarjima etib nashr etilgan Oybekning “Qutlug‘ qon”romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton, Romanni turk tiliga tarjima qilgan tarjimon…

Batafsil

Til — bu millat qalbi, xalqning tarixidir

  Toshkent shahrining qator maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Til – ko‘ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo’libgina qolmay davlatning timsoli va…

Batafsil

O‘zbek tili ixlosmandlariga bepul tаhrirlovchi.uz loyihasi taqdim qilindi

  2023-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “O‘zbektelekom” AKning “Buxoro” majlislar zalida tаhrirlovchi.uz loyihasi hamda “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”ning taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari, shuningdek, vazirlik va idoralarning ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish,…

Batafsil

O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar mahsulot maʼlumotlarini o‘zbek tilida ko‘rsatishlari shart

O‘zbekiston hukumati Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishga urunishlari ortidan normativ-huquqiy hujjatlarni JST qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritdi. Shunga doir qaror bilan O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar mahsulot maʼlumotlarini lotin alifbosidan foydalangan holda o‘zbek tilida ko‘rsatishlari shart, etib belgilandi. Yaʼni Hukumat qaroriga ko‘ra, davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan import qilinadigan isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi…

Batafsil

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 27-iyulda  Milliy kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida  Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining frazelogik lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni Milliy kutubxona rahbari U.Alimjanova…

Batafsil

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, atoqli shoir Nodir Jonuzoq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori Azizjon Eminov va boshqalar ona tilimizni asrab-avaylash…

Batafsil

Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarga universitet faoliyati yaqindan tanishtirilib, o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari, uyg‘onish davri adabiyotining serqirra ijodkorlari, olim-u fuzalolari, ularning asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Muassasaning o‘zbek tili va madaniyatini…

Batafsil