Turkiyada «O‘zbek tili» kursi imtihoni bo‘lib o‘tdi

Su kunlarda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Aholini o‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlariga o‘qitish bo‘limi boshlig‘i O‘.Boboyorov, Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi rahbari f.f.n., dots. F.Bobojonovlar xizmat safari bilan Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turibdilar.

Tashrifning ilk kunida, ya’ni 22-iyun kuni Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida tashkil etilgan o‘zbek tilini o‘rganuvchi dastlabki guruh tinglovchilaridan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan imtihonlariga oxirgi tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Turkiyaning Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Ankara ofisida O‘zbek tilini o‘rgangan turli millat vakillariga mansub guruh tinglovchilaridan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonini bo’lib o’tdi.

Imtihon so‘ngida YTB Ankara ofisi hamda o‘zbek tili o‘rganuvchi talabalarga Markazning esdalik sovg‘alari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan