Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga o‘quv-seminari tashkil qilindi

Bugun Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalari Tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha  o‘rinbosarlari, barcha tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari qatnashishdi.

Seminarni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi N.Mamaraimova olib bordi.

O‘quv-seminarda Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari  N.Xolbo‘tayev, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari S.Radjabov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, O‘zbekiston Milliy Universiteti, “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoshlik” kafedrasi mudiri N.Abduraxmonovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Mavzular: Kirill yozuvidan lotin yozuviga oʻtish jarayonlari: muammo va yechimlar, “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” haqida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ta’lim muassasalari uchun chop etilayotgan lug‘atlar”, “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish”.

Seminar Zoom platformasi orqali respublika ta’lim tashkilotlariga uzatildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan