Ilmiy-amaliy seminar
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” hamda Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida tilshunoslikning dolzarb masalalari yoritilishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy seminarda yuqoridagi asarlarning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi yuksak o‘rni, ularning matniy tadqiqi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z bordi. Ushbu seminarda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi,…
