Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” hamda Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida tilshunoslikning dolzarb masalalari yoritilishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy seminarda yuqoridagi asarlarning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi yuksak o‘rni, ularning matniy tadqiqi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z bordi.
Ushbu seminarda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik-idoralarning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda qator tilshunos olimlar ishtirok etishdi.
