Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda boshqa tillar bilan aloqalarini kengaytirish bo‘yicha bir qator belgilangan vazifalar asosida Turkiyaning Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan xorijlik talabalar uchun o‘zbek tili kurslari tashkil qilingan edi.
Kuni kecha xorijlik talabalar uchun yakuniy sinovlar bo‘lib o‘tdi. Sinovlarda Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisi yetakchisi Osman Merthan Abur, kurs o‘qituvchisi Muzaffar Habibullayev, Markaz xodimlari Abdurashid To‘ychiyev ham Shahboz Zarmasovlar ishtirok etishdi.
O‘z navbatida, tadbir so‘ngida so‘z olgan tinglovchilar o‘zbek tiliga bo‘lgan cheksiz hurmatini izhor etishdi.