“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash borasidagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi.

Tanlovga kelib tushgan 600 ga yaqin loyiha ishlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi hamda adolat, xolislik va ochiqlik tamoyillari asosida g‘oliblar aniqlandi

G‘oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosida bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda tilshunos va adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdi.

Marosimni Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Undan so‘ng esa tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar va rag‘batlantiruvchi o‘rinlar e’lon qilindi va taqdirlandi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:

O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha:

G‘olib: Odilov Yorqinjon Rahmonaliyevich (Sotsiolingvistika qo‘llanmasi)

Rag‘bat: Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich (“Apprenons l’ouzbek” darsligi)

Rag‘bat: Sobirov Abdulhay Shukurovich (Globallashuv jarayonlarida o‘zbek tilining tutgan o‘rni)

Rag‘bat: Zarmasov Shahboz Shahriddin o‘g‘li (O‘zbek tili so‘z turkumlarini modellashtirish tamoyillari. Ot so‘z turkumi misolida)

 

Oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;

G‘olib: Karamatov Farrux Xabibullayevich hamda Buranov Mashrab Karimovich (Izoh.uz, Imlo.uz, Lotin.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com dasturiy mahsulotlari)

Rag‘bat: “AI TECH» mas’ulyati cheklangan jamiyati (O‘zbek tilidagi nutqni matnga hamda matnni ovozga aylantirishga qaratilgan Aisha AI platformasi)

Rag‘bat: Bekchanov Shukurla Qurbanbayevich (O‘zbek tilida berilgan katta hajmdagi matnni qisqacha xulosa qilish uchun xizmat qiladigan platforma)

 

Oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;

G‘olib: Eshqobil Jo‘rayevich Shukurov (Bo‘boso‘z izidan kitobi)

Rag‘bat: Madvaliyev Orifjon Tolibovich

Rag‘bat: Egamberdiyeva Hafiza Qo‘ldoshevna

Rag‘bat: О‘roqova Lola Hamidovna

 

Davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;

G‘olib: Isomiddinov Zuhriddin Nizomiddinovich (O‘zbek tilining milliy tabiati)

Rag‘bat: Elmurodov Bobur O‘tkirovich (Boburdan rang olgan baburin. Maqolasi “Jadid” gazetasi)

Rag‘bat: Erkaboyev Nosirjon Nabiyevich (Avvalo o‘zimizni hurmat qilaylik “Hurriyat”)

Rag‘bat: Xo‘janiyozova Zilola To‘rayevna (Dunyoning eng boy tili baxtsiz bo‘lishi mumkin emas! “Hurriyat”gazetasi.)

Rag‘bat: Qurbonova Roza (O‘zbekchasi bor-ku yoki biz eshitmagan muqobillar. “Marifat”)

 

Oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

G‘olib: Nazrullayev Nurilla Fayzullayevich

Rag‘bat: Qodirova Go‘zal Toshkenboyevna

Rag‘bat: Fazliddinova Mo‘tabar Zuxriddin qizi

 

Oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

G‘olib: Normurodova Nozliya Zarilovna (O‘zbek maktabi)

Rag‘bat: Alimov Otabek Maxamadovich (Uzbek Language qo‘llanmasi)

Rag‘bat: Erkinjonova Oyxon Husniddin qizi (O‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma)

 

Oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.

G‘olib: Doktor  Aynur O‘z O‘zjan (Turkiya Respublikasining Ankara universiteti professori

G‘olib: Dr. Husayin Baydemir (Otaturk universiteti professori)

Rag‘bat: Doktor Shahid Tasleem (Jamia Millia Islamia Markaziy universiteti professori)

 

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan