Xorazm viloyatining bir qator tumanlarida ishchi guruhlar tomonidan sog‘liqni saqlash bo‘limlari, tuman hokimligi tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, tashqi reklama vositalarida davlat tili me’yorlariga rioya etilishi holati o‘rganildi.
Tahlillar davomida tashqi va ichki yozuvlar, peshlavhalar, bannerlar, hujjat yuritish hamda reklama matnlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yaroqsiz holatga kelganlari joyida bartaraf etildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga qonunchilik hujjatlari mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazildi.
Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, davlat tilining nufuzi va maqomini mustahkamlash yo‘lida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
