TILIMIZ VA ADABIYOTIMIZ RAVNAQIGA BAG‘ISHLANGAN UCH JAVOHIR
Qarshi shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan chop etilgan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “So‘z sandiqchasi” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda jamg‘arma mutaxassislari, viloyat, shahar va tuman hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tilshunos olimlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik…
