Turkiyada o‘zbek tili kurslari davom etmoqda

Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda boshqa tillar bilan aloqalarini kengaytirish bo‘yicha bir qator belgilangan vazifalar asosida Turkiyaning Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan xorijlik talabalar uchun o‘zbek tili kurslari tashkil qilingan edi. Kuni kecha xorijlik…

Batafsil

Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika miqyosidagi amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, shuningdek, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar. Seminar…

Batafsil

Til, ma’rifat va meros uyg‘unligi: “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti Chilonzorda o‘tkazildi

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida Chilonzor tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti hamkorligida 4 jildlik «Alisher Navoiy ensiklopediyasi» kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda navoiyshunos olimlar, Toshkent shahri va tumanlarida faoliyat olib borayotgan…

Batafsil

Xorazmda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-may kuni Xorazm viloyatining bir qator ta’lim muassasalarida, shu jumladan Urganch davlat universiteti, Pedagogik mahorat markazida va boshqa tashkilotlarda buyuk mutafakkir, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nufuzli ilmiy muassasalar vakillari, filologiya sohasidagi yetuk olimlar ishtirok etdilar: Maqsud Asadov — O‘zbekiston…

Batafsil

Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni 7-ilovasi 14-bandida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbirini o‘tkazish belgilangan edi. Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat…

Batafsil

O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan “WizzAir” xodimlariga nisbatan chora ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi olib borgan o‘rganishlar natijasida WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga  reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan bo‘ldi. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, havo transportida xavfsizlik qoidalari hamda ma’lumotlar barcha yo‘lovchilar uchun aniq va tushunarli berilishi muhim. Uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi ma’lumotlar xorijiy tilda berilishi yo‘lovchilarni tushunmovchilik va yoki qiyinchilikka olib kelishi mumkin. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini…

Batafsil

Qo‘qonda To‘rt jildlik “ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-fevral kuni Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar bir necha asr o‘tgan bo‘lsa-da, Hazrat Navoiyning insonparvarlik qarashlari zarracha bo‘lsin o‘z…

Batafsil

BU – MENING VATANIM!

Xalqimizda “sut bilan kirgan jon bilan chiqadi” degan naql bor. O‘zbekiston Respublikasi koreyslar madaniyati markazlari assotsiatsiyasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak bilan suhbatlashgan odam uning koreys millatiga mansub ekaniga shubha qiladi. Sababi, Viktor aka (uni ko‘pchilik shunday ataydi)ning qoniga o‘zbek tili ona suti bilan singgan. U O‘zbekistonsiz o‘zini, o‘zbeklarsiz hayotini, o‘zbek tilisiz…

Batafsil

Milliy til – milliy birlik vositasi

Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan tashkilotchilar xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeyini mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga…

Batafsil

Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorlikda universitetda “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati”  hamda “O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi” qo‘llanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.   Tadbirda universitet xodimlari, kitob mualliflari, talabalar hamda Jamg‘arma mas’ullari ishtirok etishdi.

Batafsil