“Farg‘ona viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “Farg‘ona viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Tongotarova, ushbu kitobning mualliflari Farg‘ona davlat universiteti dotsentlari G.Jo‘raboyeva, O.Abbozov, N.Qurbonov va Qo‘qon davlat universiteti dotsenti S.Usmonova, qolaversa, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, adabiyot ixlosmandlari hamda tuman-shahar hokimlarining maslahatchilari…

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi 799-son “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonunining 41 -moddasida “Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish” belgilab qo‘yilgan. Bu borada hududiy toponimik tadqiqotlar, toponimlarni hosil qiluvchi geografik terminlarning tarqalish areallarini aniqlash, geografik nomlar tarkibini shakllantiruvchi terminlar va boshqa…

Batafsil

Mahmudxo‘ja Behbudiy. Til masalasi (1915)

Turkchaning shu’ba va shox(a)lari bo‘lgan o‘zbek-chig‘atoy, totor, ozarbayjon, qozoq va turkman lahjalarindagi yangi matbuotning eng ahamiyatlik masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalalaridur. Yuqoridagi lahjalarg‘a so‘ylayturgon turk bolalari bir-ikki ming sanadan beri Eron xalqining alarg‘a va yo alarni eroniylarg‘a istilo etganlari sababidan fors madaniyati va adabiyoti va lug‘atlari nufuzig‘a mahkum bo‘lub, fors tilidan bir xeyli…

Batafsil

Samarqandda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan chop etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi

Joriy yilning 9-yanvar kuni viloyat Pedagogik mahorat markazida Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi Sherali Temirov ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida maslahatchi davlat tilini rivojlantirish, uni ta’lim jarayonida to‘g‘ri va samarali qo‘llash yuzasidan atroflicha fikr bildirdi. Tadbir davomida O’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan taqdim etilgan “Oʻzbekiston toponimlarini hosil qiluvchi atamalarning izohli…

Batafsil

KOSONSOY – Namangan viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi

Kosonsoy shahri O‘zbekiston hududidagi qadimiy shaharlardan biri. Kosonsoyning har ikki sohilida joylashgan shahar dastlab Koson deb atalgan. Keyinchalik shahar nomiga soy so‘zi qo‘shilib, joy nomiga aylangan. Shaharga miloddan avvalgi IV–III asrlarda asos solingan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, shahar miloddan avvalgi I asrda Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. Kushonlar saltanati barham topganidan keyin ham Kosonsoy bir necha asr…

Batafsil

“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash borasidagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi. Tanlovga kelib tushgan 600 ga yaqin loyiha ishlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi hamda adolat, xolislik va ochiqlik tamoyillari asosida g‘oliblar aniqlandi G‘oliblarni…

Batafsil

ISTE’MOLCHILARGA DAVLAT TILIDA AXBOROT TAQDIM ETISH HOLATLARI O‘RGANILDI

  ⚡️ Raqobat qo‘mitasi o‘tkazgan o‘rganish va tahlillarga ko‘ra, ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari tomonidan o‘z nomi, ish tartibi, tovar (ish, xizmat)lari va qoidalari to‘g‘risida iste’molchilarga to‘g‘ri va tushunarli axborot taqdim etilmayotgani, taomnomalar hamda boshqa ma’lumotlarning davlat tilida berilmayotgani aniqlandi. ✈️ Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda ularni to‘g‘ri va tushunarli axborot bilan ta’minlash maqsadida,…

Batafsil

Oʻzbekistonda arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtish jarayonlari

Ma’lumki, oʻzbek adabiy tilida amalda boʻlgan yozuvlar tarixiga e’tibor qaratilsa, 1929-yildan to 1940-yilgacha lotin yozuvi asosiy yozuv sifatida iste’molda boʻlgan. Bu davrga oid koʻp manbalar hanuzgacha arxivlarda qolayotganligi sababli bu jarayonlarni qisqacha boʻlsa ham tanishtirib borishga qaror qildik. Zero, tilimiz tarixini toʻlaligicha oʻrganish, unga obyektiv baho berish muhim hisoblanadi. Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan yangi usuldagi maktablarning…

Batafsil

“Yupatdi”ning ma’nosi “aldash”mi – Koshg‘ariy nima deydi?

Falonchi pistonchini yupatdi gapida zarracha salbiy bo‘yoqni sezmaymiz, aksincha, ko‘ngilga qarash, birovni alqash, o‘zgani ehtiyotlash ma’nosidagi yaxshi jihatlarni tushunamiz. Lekin manbalarning guvohlik berishicha, bu so‘z aslida “aldadi”, “boshqa birovga to‘nkadi”, “bilib turib bilmaslikka oldi” degan ma’nolarni anglatar ekan. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida bu so‘zga quyidagicha izoh bergan: Jupattї – ishga g‘ofillik qildi, boshqaga yukladi. Ol їshїg‘ jupattї – u ishni…

Batafsil