“Oriat Dono”da davlat tili bo’yicha bilimingizni sinab ko’ring!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL”  loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda. Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!( FM 106.5 +998712251065)

Batafsil

“Navoiyazot” AJ sayyor seminar va yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, Xotin-qizlar va kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.                  Tadbirni aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Odil Temirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova tashkilotda…

Batafsil

“Ozarbayjon yozuvi va alifbosining tarixi” mavzusida seminar tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari markazi direktori filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Elchin Ibrohimovning “Ozarbayjon yozuvi va alifbosining tarixi” mavzusidagi seminar tashkil etildi.    …

Batafsil

Lotin alifbosiga asoslangan Davlat tilida ish yuritish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi

Mirobod tumani hokimligida bugun malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan 30 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi xodimlari hamda tumandagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning ish yurituvchilari Davlat tilida ish…

Batafsil

“Maorif va oʻqutgʻuchi” jurnalining 1927-yil nashridagi xabardan bir qismini e’tiboringizga havola qilamiz (Maarif va oʻqutgʻuchi. – Tashkent, 1927. – № 3-4. –B.61)

Matnning hozirgi yozuvdagi tabdili: Xabarlar Kallegiyaga berilgan axbaratdan ma’lum boʻldikim, oʻzbek alifbasini latinlashtirish toʻgʻrisida qilingʻan uch ayliq ish qanaatlanirliq darajadadir. Oʻzbekistanda latin alifbasini tezdan amalga ashirish uchun kallegiya quyidagʻi charalarni koʻrishni lazim tapdi: Yangi oʻzbek alifba kitabi tuzush ham basdirish. Imla tartiblari tuzush. Rahbarlar tayyarlash uchun markaziy qurs tashkil qilish va mahallalarda latinchilar tevaraklari tashkil…

Batafsil

“Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda. Loyihada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Jamg‘arma tomonidan chop etilgan kitoblar hamda radiokanal tomonidan konsert dasturiga chiptalar taqdim etib kelinmoqda. Navbatdagi sonda Samarqand viloyatidan 2 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ldi. Jamg‘arma mas’ul…

Batafsil

YANGI TARIXIY ROMAN TAQDIMOTI

Buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan hamkorlikda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani chop etildi. 26-aprel kuni Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi tashabbusi bilan ushbu yangi o’zbek romani taqdimoti bo’lib o’tdi. Buyuk ajdodimiz hayoti…

Batafsil

”Tibbiy atamalar lug‘ati”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

  Sog‘liqni saqlash vazirligida “Buyuk Temur va Tibbiyot” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan yozuvchi va tarixchilar Sohibqironning tabib va hakimlarga bo‘lgan ijobiy munosabati haqida to‘xtalib o‘tishdi. Tadbir doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan “Tibbiy atamalar lug‘ati” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitobda 10 mingga yaqin so‘zlar…

Batafsil

Energetika vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Energetika vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va RMMM Yashnobod tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash…

Batafsil

YAPONIYADA O‘QITUVCHILAR KUNI YO‘Q « Bir kuni men yaponiyalik hamkasbim, oʼqituvchi Yamamotadan soʼradim: – Yaponiyada oʼqituvchilar bayrami qanday nishonlanadi, uni qanday kutib olasizlar? U savolimdan hayron boʼlib javob berdi: – Bizda oʼqituvchilar bayrami yoʼq. Uning javobini eshitib, ishonishni yoki ishonmaslikni bilmadim. “Nega iqtisodi, ilm-fan va texnikasi rivojlangan davlat oʼqituvchiga, uning mehnatiga hurmatsizlik qiladi?” degan fikr…

Batafsil