Turkiyada o‘zbek tili kurslari davom etmoqda

Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda boshqa tillar bilan aloqalarini kengaytirish bo‘yicha bir qator belgilangan vazifalar asosida Turkiyaning Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan xorijlik talabalar uchun o‘zbek tili kurslari tashkil qilingan edi. Kuni kecha xorijlik…

Batafsil

Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika miqyosidagi amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, shuningdek, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar. Seminar…

Batafsil

Til, ma’rifat va meros uyg‘unligi: “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti Chilonzorda o‘tkazildi

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida Chilonzor tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti hamkorligida 4 jildlik «Alisher Navoiy ensiklopediyasi» kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda navoiyshunos olimlar, Toshkent shahri va tumanlarida faoliyat olib borayotgan…

Batafsil

Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda

  Xorazm viloyatining bir qator tumanlarida ishchi guruhlar tomonidan sog‘liqni saqlash bo‘limlari, tuman hokimligi tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, tashqi reklama vositalarida davlat tili me’yorlariga rioya etilishi holati o‘rganildi. Tahlillar davomida tashqi va ichki yozuvlar, peshlavhalar, bannerlar, hujjat yuritish hamda reklama matnlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yaroqsiz holatga kelganlari joyida bartaraf etildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga…

Batafsil

Xorazmda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-may kuni Xorazm viloyatining bir qator ta’lim muassasalarida, shu jumladan Urganch davlat universiteti, Pedagogik mahorat markazida va boshqa tashkilotlarda buyuk mutafakkir, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nufuzli ilmiy muassasalar vakillari, filologiya sohasidagi yetuk olimlar ishtirok etdilar: Maqsud Asadov — O‘zbekiston…

Batafsil

TAOMNOMALARNING DAVLAT TILIDA BO‘LISHI TA’MINLANMOQDA

TAOMNOMALARNING DAVLAT TILIDA BO‘LISHI TA’MINLANDI Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoq va boshqa axborot resurslarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari xizmatlaridan norozilik bildirilgan murojaatlar o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida xo‘randalarga taqdim etilayotgan taomnoma xorijiy tillarda ya’ni rus, ingliz, turk, xitoy va boshqa tillarda ekanligi aniqlandi. Jumladan,Toshkentdagi “Basri Baba” turk taomlari restorani mas’ullarini jalb qilgan holda o‘rganilganda…

Batafsil

Davlat tilida ma’lumot bermagan restoranga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “MADO” ovqatlanish korxonasida iste’molchilarga taomnoma xorijiy tilda taqdim etilgan, ma’lumotlar Davlat tilida emas…” mavzusida fuqaroning e’tirozi qoldirildi. Raqobat qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish o‘tkazgan. Toshkent shahrida joylashgan “MADO” restoranining taomnomasida haqiqatdan ham davlat tilida ma’lumotlar mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan. “Bu bilan xizmat ko‘rsatish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini…

Batafsil

Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni 7-ilovasi 14-bandida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbirini o‘tkazish belgilangan edi. Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat…

Batafsil

TO‘RT JILDLIK “ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” TAQDIMOTI

2025-yil 18-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida toʻrt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Mazkur ensiklopediya buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy hayoti, ijodi, ilmiy merosi va adabiy faoliyati haqida to‘liq ma’lumot beruvchi muhim nashr hisoblanadi. Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodiga oid ilmiy-nazariy fikrlar almashildi, shuningdek, shoirning mashhur g‘azal va ruboiylaridan…

Batafsil