KOSONSOY – Namangan viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi
Kosonsoy shahri O‘zbekiston hududidagi qadimiy shaharlardan biri. Kosonsoyning har ikki sohilida joylashgan shahar dastlab Koson deb atalgan. Keyinchalik shahar nomiga soy so‘zi qo‘shilib, joy nomiga aylangan. Shaharga miloddan avvalgi IV–III asrlarda asos solingan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, shahar miloddan avvalgi I asrda Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. Kushonlar saltanati barham topganidan keyin ham Kosonsoy bir necha asr…
