Navoiy asarlarini raqamli shaklda tayyorlash taklifi ilgari surildi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va qator hamkor tashkilotlar ishtirokida to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev Alisher Navoiy merosi, uning hayoti va ijodi xususida ma’lumot berib, mazkur qomusning chop etilishi o‘zbek adabiyoti va ilm-fani…
