O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportida bayram tadbiri o‘tkazildi

Ushbu bayram tadbiri Bibisora Turobovaning “Ona tilim” sheri bilan ochib berildi. Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – Inomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori – Azizbek Eminov, Markazning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari – Abdurashid To‘ychiyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir – Rustam…

Batafsil

Chirchiq shahrida «Til – millat ko‘zgusi» shiori ostidagi adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan » Til – millat ko‘zgusi» shiori ostidagi adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Anjumanni institut rektori Sh.Janikulov kirish so‘zi bilan ochdi. Adabiy-badiiy kechada Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek…

Batafsil

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

2024-yil 11-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻisidagi qonun hujjatlariga riоуа etilishini ta’minlash mаsаlаlаri boʻyicha maslahatchilari uchun Respublika seminari tashkil etildi. Bunda vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari…

Batafsil

Balchiq, Balxash, Bolqon gidronim va toponimlari buloq so‘zidan yasalganmi?

Turk tilida “buloq” so‘zi yo‘q. Suv manbai ma’nosida turklar “kaynak” kalimasidan foydalanishadi. Bu kalom esa bizda “qaynoq” tarzida yaqindagina qaynagan issiq suvga nisbatan ishlatiladi. Aslida, har bir qaynagan suv “bilq-bilq” etib turadi. Balki, shu sababdan usmonli turklari “kaynak”, chig‘atoy turklari “buloq” der. Turk lafzida “bulmak” topmoq degani. Yo‘qolgan buyumini topgan kishi “buldum” deydi. So‘zning o‘zagi…

Batafsil

Turkiyaning Anqara shahrida 26-27-sentabr kunlari Xalqaro turk tili qurultoyi bo‘lib o‘tdi

  Turk tili jamiyati tomonidan 1932-yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan qurultoyda o‘zbekistonlik bir guruh tilshunos olimlar ham ishtirok etdilar. Unda Vazirlar Mahkamsi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov hamda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, f.f.n., dots. I.Azimov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok…

Batafsil

«Cправка», «рапорт», «инструкция», «акт», «характеристика» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli o‘zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmidi?!

O‘zbek hujjatchiligidagi jiddiy o‘rganilishi, amaliy va nazariy tadqiq etilishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan biri ayrim hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Bir necha tur hujjatlar rus tilida qanday nomlansa, o‘zbek tilida ham shundayligicha nomlab kelingan. Sho‘rolar davrida idoraviy ish yuritish, asosan, rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj bo‘lmagan. Bunday hol hujjatlarning nomlarida, matnida ham ko‘p kuzatilgan. O‘zbek…

Batafsil

Payg‘ambar yoshi, qora oltin, kumush tola: o‘zbek tilidagi tasviriy ifodalarni bilasizmi?

Tasviriy ifodalar hozirgi o‘zbek tilida ko‘plab yuzaga kela boshlagan. Masalan, zangori ekran – televizor, zangori olov – tabiiy gaz, kumush tola – pilla kabilar XX asr tafakkurining mahsuli. Har bir tilda mutaxassislar tasviriy ifoda, parafraza deb ataydigan iboralar qatlami borki, ular yordamida fikrimiz obrazli va ta’sirchan ifodalanadi. Masalan, o‘zbek tilida oq oltin degan ibora bor va u bizga paxtani oltinga…

Batafsil

Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi

Bоkuda Turkiy dunyoning umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi yakuniga yetdi. Unda 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo tasdiqlandi.   Yigʻilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yil olimlar tomonidan taklif qilingan, lotin yozuviga asoslangan alifbo boʻyicha dastlabki loyiha qayta koʻrib chiqildi.   Yangi alifboning har bir harfi turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni…

Batafsil

Yabg‘u, shad: o‘zbekcha qadimiy harbiy atovlarni bilasizmi?

Yuz bašï/Yuzboshi “yuztagacha bo‘lgan askariy guruhni boshqaradigan boshliq” ma’nosini bildirgan. H.Dadaboyevning yozishicha, Qo‘qon xonligida bir yuzboshi o‘nta dahboshi boshqaradigan askariy guruhga boshchilik qilgan. XX asrga kelib, bunday qo‘shin turlari tugatilgach, “qishloq oqsoqoli” ma’nosini anglatadigan bo‘lgan. Bing bašï/Mingboshi atamasi “ming kishigacha bo‘lgan askarning boshlig‘i” bildirgan. Mazkur atama til tarixida u yoki bu hajmdagi “qo‘shin boshlig‘i”ni bildirgan bo‘lsa, keyinchalik bu…

Batafsil

Ona tilimizga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti

  Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida davlat tiliga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 1989-yil rasman davlat tili maqomiga erishgan ona tilimiz so‘nggi besh yillikda o‘ziga xos munosib nufuz va qadrga ega bo‘lib bormoqda. Ushbu davrda respublikadagi barcha ish hujjatlari davlat tilida qat’iy yuritila boshlandi. Tashqi…

Batafsil