Shanxay chet tillar universitetiga kitoblar yetkazildi

  Xitoyning Shanxay chet tillar universiteti, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tillari Instituti, Markaziy Osiyo tillari fakultetida 2018-yilda “O‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishi hamda O‘zbekiston tadqiqotlar markazi ham tashkil etilgan. Mazkur universitetda filologiya fanlari doktori Rahmatov Mardon Mehmonovich talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatib kelmoqda.         O‘zbek tilini xalqaro mavqeyini mustahkamlash va chet elliklarga o‘zbek…

Batafsil

“ENG YAXSHI BILIMDON MAKTAB RAHBARI” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy- ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etilishi hamda faol qo‘llanishini rag‘batlantirishga qaratilgan “Eng yaxshi bilimdon maktab rahbari”tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur tanlovda Buxoro shahridagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etib 3 bosqichda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Dastlab…

Batafsil

21-FEVRAL — XALQARO ONA TILI KUNI

21-fevral — Xalqaro ona tili kuni sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan keng nishonlanadi.     Xalqaro ona tili kuni Bangladesh tashabbusi bilan e’lon qilingan va 1999-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasida tasdiqlangan. Ona tili kuni 2000-yildan buyon butun dunyoda nishonlanadi.     YUNESKO barqaror jamiyatlarni rivojlantirish uchun madaniy va lingvistik xilma-xillikni saqlab qolish muhimligini tan oladi. YUNESKO tinchlik uchun o‘z mandatining bir…

Batafsil

Olmazor tumanidagi 249-umumta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun o‘quv amaliy seminar tashkil etildi

Seminarda Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi direktori F.Yulchieva, Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi bo‘lim boshlig‘i A.O‘tkirov, Olmazor tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, Olmazor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi  bo‘limi metodisti D.Raximovalar ishtirok etdilar. Seminar davomida umumta’lim maktablarda davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri…

Batafsil

9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan erta tongdan shoir nomi bilan ataluvchi bog’da qad rostlagan ulug‘ ajdodimiz haykali oldida  tadbir o‘tkazildi. Tadbirda xorijdan tashrif buyurgan olimlar, shoirlar, Navoiy ijodini o‘rganayotgan talabalar ishtirok etdilar va o‘zbek tilida nutq so‘zladilar. Buyuk shoir va mutafakkir haykali poyiga gulchambar qo’yildi. Bugun Adiblar xiyobonida ajoyib muhit hukm surmoqda.

Batafsil

Ichki ishlar vazirligida “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish – muhim vazifa” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi

IIV Markaziy apparati xodimlari ishtirok etgan tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati boshlig‘i, polkovnik Hamza Maxsumov ochib, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori, ichki ishlar organlari tizimida ham o‘zbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilayotganini ta’kidladi., shuningdek, tadbirda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va ularning ijrosini ta’minlash vazirlik rahbariyati tomonidan nazoratga olingani, bu borada…

Batafsil

Behbudiya kutubxonasi: 114 yil avval Samarqandda ochilgan, kuniga 14 soatlab ishlagan va… qarovsiz qolib yopilgan

Milliy ma’rifatparvarlik harakatining ko‘zga ko‘ringan yalovbardori “Mahmudxo‘janing oti Turkiston tarixida ziynatlik mumtoz o‘run olishga munosib bir otdir” (Vadud Mahmud. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – B. 144). Behbudiy xalq uchun manfaati bor amaliy ishlar bilan qizg‘in shug‘ullandi: jadid maktablari tashkil etishda bosh-qosh bo‘ldi, teatr san’atiga asos soldi, gazeta-jurnal chop qildi, nashriyot hamda kutubxona tashkil etdi. Siyosiy,…

Batafsil

Maslahatchilar yangi kitoblarni qabul qilib olishmoqda

  O‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatini namoyon qilayotgan jahondagi boy va qadimiy tillardan biri sanaladi. Mamlakatimizda 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi davlat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni erkin va farovon hayot qurishdek buyuk…

Batafsil

Adabiyot nadir?

Adabiyot har bir millatning hisli ko‘ngul tarixining eng qorong‘u xonalarida maishat (tirikchilik)ning ketishiga qarab har xil tusda va rangda yetishgan, fayzli til birla taqdir etula olmaydirg‘on bir guldir. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda aning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradir. Har sinf, xalqning o‘ziga maxsus ohangi, o‘ziga ta’sir qiladurg‘on zori bo‘lur. Mana shul muhit bo‘shlig‘inda…

Batafsil

“O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” kitobi taqdimoti

     “O‘zbek tilining katta imlo lug’ati” va “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti Beruniy tumani hokimining maslahatchisi A.Sheripov tomonidan keng jamoatchilikka tushuntirildi.      Harf va so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, talaffuzi va joy nomlari keltirilgan mazkur izohli lug’at lotin alifbosida nashr qilingan. Mazkur lug‘at nafaqat o‘zbek xalqi uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilini o‘rganishni…

Batafsil